Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Xorazmda «Cobalt» haydovchisi poyezd yo‘liga chiqib ketdi

Xorazmda «Cobalt» haydovchisi poyezd yo‘liga chiqib ketdi

Xorazm viloyati Shovot tumanida poyezd Cobalt’ni urib ketdi. Viloyat IIB xabariga ko‘ra, hodisa 1 yanvar kuni ro‘y bergan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, poyezd kuzatuv kamerasiga yozilgan tasvirlarda lokomotiv mashinist temiryo‘l kesishmasiga yaqinlashish oldidan ovozli signal bergani, qora rangli Cobalt avtomobili haydovchisi esa bir to‘xtab, keyin yana harakatni davom ettirgani va yo‘lga chiqib ketgani ko‘rinadi.

«Joriy yilning 1 yanvar kuni soat 14:50 atrofida Shovot tumani Bo‘yrachi mahallasi hududidan o‘tgan, mahalliy ahamiyatga molik 91-02 avtomobil yo‘lining 21-kilometrida 1995 yilda tug‘ilgan, Cobalt rusumli transport vositasi haydovchisi Shovot-Urganch yo‘nalishida harakatlanib kelib, qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida yo‘l harakati qoidalari va yo‘l belgilari talablariga rioya qilmasdan poyezdga yo‘l bermasdan, svetoforning taqiqlovchi qizil ishorasida harakatlanishi natijasida to‘qnashuv ro‘y berib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan», deyiladi IIB xabarida.

Xorazmda «Cobalt» haydovchisi poyezd yo‘liga chiqib ketdi

Hodisa oqibatida avtomobilga jiddiy shikast yetgan, haydovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Kiritildi: 23:07 04.01.2026. O'qildi: 4114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!