Bugun 7 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Xorazmda ayol “Jeyms”dan sovg‘a olaman deb 3,5 mln so‘midan ayrilishga bir bahya qoldi

Xorazmda ayol “Jeyms”dan sovg‘a olaman deb 3,5 mln so‘midan ayrilishga bir bahya qoldi



Joriy yilning 3 avgust kuni Urganch shahrida yashovchi fuqaro ijtimoiy tarmoq orqali o‘zini Jeyms deb tanishtirgan shaxs bilan muloqot qilgan.

U fuqaroning ishonchiga kirib, tug‘ilgan kuni munosabati bilan unga 15 ming dollar sovg‘a qilishini aytgan.

Oradan bir necha kun o‘tgach, yana bir shaxs WhatsApp orqali ayol bilan bog‘lanib, mazkur mablag‘ Londondon yuborilganini va uni bojxonadan rasmiylashtirish uchun 3 mln 578 ming so‘m o‘tkazish lozimligini aytgan.

Fuqaro pulni o‘tkazish maqsadida bankka borgan vaqtda mas’ullar tomonidan holat tekshirilgan va firibgarlikning oldi olingan.

Kiritildi: 18:58 06.08.2026. O'qildi: 581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!