Telegram messenjerida tashkil etilgan kanal-bot orqali giyohvandlik vositalarini sotish bilan bog‘liq holat tezkor tadbir davomida aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda internet ijtimoiy tarmoqlari orqali giyohvandlik vositalarini sotish holati fosh etildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Telegram messenjerida kanal-bot tashkil etgan shaxslar fuqaroga 0,5 gramm gashish giyohvandlik vositasini sotishga kelishgan. Giyohvandlik vositasi bot tomonidan taqdim etilgan geolokasiya bo‘yicha Urganch tumani “Killavut” mahallasidagi uy oldiga qoldirilgan.
Aniqlanishicha, giyohvandlik vositasi uchun 224,4 ming so‘m pul mablag‘i fuqaro YA.G.ning bank kartasiga o‘tkazib olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.