Xitoyning janubi-g‘arbiy qismidagi Chunsin munisipalitetida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 kishiga yetdi.
Xinhua agentligi xabar berishicha, bu haqda mahalliy hokimiyat vakillari ma’lum qildi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 50 kishi bedarak yo‘qolgan, yana 10 kishi jarohatlangan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari va vayronalarni olib tashlash davom etmoqda. Rasmiylar shuningdek, qurbonlarning oilalariga yordam ko‘rsatmoqda va okrug bo‘ylab xavfli geologik hududlarni o‘rganmoqda.
17 iyul kuni ertalab, uzoq davom etgan kuchli yomg‘irdan so‘ng, Chunsin munisipalitetidagi Uszyan daryosi yaqinida ko‘chki sodir bo‘ldi va 10 ta turar-joy binosi ko‘mildi.