1. 🇺🇿 O‘zbekiston — Markaziy Osiyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi. O‘zbekiston 2025 yilda 9,9 milliard dollarlik oltin eksport qildi. Markaziy bank zaxirasi — 415,5 tonna oltin. Bu dunyodagi eng yirik zaxiralardan biri.
2. 🇰🇿 Qozog‘iston — Oltin neftdan keyingi ikkinchi eng qimmat eksport mahsuloti. Markaziy bank zaxirasi — 361 tonna. Qozog‘iston Markaziy banki muntazam ravishda oltin xarid qilib, zaxiralarini ko‘paytirib bormoqda.
3. 🇰🇬 Qirg‘iziston — 34,2 tonna rasmiy oltin zaxirasiga ega. Mamlakat iqtisodiyotining asosiy tayanchlaridan biri — Kumtor oltin koni. Kumtor YAIMning taxminan 10 foizini ta’minlaydi.
4. 🇹🇯 Tojikiston — Markaziy bank zaxirasi 22,3 tonna. Oltin mamlakatning asosiy eksport mahsulotlaridan biri bo‘lib, uning katta qismi Xitoy kapitali ishtirokidagi konlarda qazib olinadi.
5. 🇹🇲 Turkmaniston — Markaziy bank zaxirasi 1,9 tonna. Markaziy Osiyoda yirik sanoat miqyosida oltin qazib olmaydigan yagona davlat. Iqtisodiyoti asosan tabiiy gaz eksportiga tayanadi.