Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Xitoyda kuchli yomg‘irlar ortidan ko‘chki tushdi

Xitoyda kuchli yomg‘irlar ortidan ko‘chki tushdi

Xitoyning Szyansi provinsiyasida qishloqqa ko‘chki tushishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana 11 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ko‘chkiga "Saudel" tayfuni olib kelgan uzoq davom etgan kuchli yomg‘irlar sabab bo‘lgan.

Qutqaruvchilar uch nafar kishini topishga muvaffaq bo‘ldi. Ularning ikki nafari barqaror holatda, yana bir kishi halok bo‘lgan.

Ofat hududida qidiruv-qutqaruv operasiyasi davom etmoqda. Hukumat mahalliy aholini evakuasiya qilmoqda va takroriy tabiiy ofatlarning oldini olish choralarini ko‘rmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:14. O'qildi: 217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!