Bugun 2 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Xazonlarni yoqmang, tabiatni va o‘zingizni zaharlamang!

Xazonlarni yoqmang, tabiatni va o‘zingizni zaharlamang!

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi dala maydonlarida angiz, xazon, shox-shabba va boshqa o‘simliklar qoldiqlariga o‘t qo‘ymaslik borasida ogohlantiradi.

Diqqat! O‘simliklar qoldiqlarining yoqilishi natijasida atmosfera havosiga juda ko‘p miqdorda (toksik) zaharli moddalar — uglerod oksidi (SO), azot oksidlari (NOx), azot 2 oksidi (NO2), benz(a)piren, dioksin, dibenzofuran, oltingugurt oksidi, fosgen kabi atrof-muhit va inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazuvchi zaharli moddalar ajralib chiqadi. Qolaversa, olovning yuqori harorati ta’sirida tuproq tarkibidagi makro va mikroelementlar yo‘qoladi, tuproq unumdorligi kamayadi.

Unutmang! Dala maydonlariga o‘t qo‘yish qonunga ko‘ra qat’iy taqiqlangan, bu kabi huquqbuzarliklar MJtKning tegishli moddalariga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorda ma’muriy jarimaga sabab bo‘ladi. Shuningdek, yong‘in sodir bo‘lgan ekin maydonlarining har bir gektariga yetkazilgan zarar bo‘yicha amaldagi tartib asosida iqtisodiy choralar belgilanadi.

Ma’lumot uchun, “O‘zbekkosmos” agentligi davlat kosmik monitoringi dasturi doirasida somonpoyalar yoqilishi holatlarini hamda huquqbuzarlarni aniqlash va ularga qarshi tezkor chora ko‘rish bo‘yicha hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

Hurmatli fermerlar, dehqonlar va yer egalari! Dala maydonlaridagi xazonlar va o‘simliklar qoldiqlarini yoqmang, atrof-muhit va insonlar salomatligiga zarar yetkazmang! Aksincha, o‘simliklar qoldiqlaridan ko‘chatlarni kompostlash, mulchalashda yoki chorvachilik ehtiyojlari uchun foydalaning. Tabiatni asrash — kelajakni asrashdir.

Kiritildi: Bugun 10:11. O'qildi: 233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!