Bugun 1 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp Eronga qarshi harbiy harakatlarni qayta boshlash haqidagi savolni «ahmoqona» deb atadi

Tramp Eronga qarshi harbiy harakatlarni qayta boshlash haqidagi savolni «ahmoqona» deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp kelasi hafta Eronga qarshi harbiy harakatlarni qayta boshlashni rejalashtirayotgani haqidagi jurnalist savolini ahmoqona deb atadi.

Amerika yetakchisi bu haqda Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida jurnalistlar bilan suhbatlashgan chog‘ida aytgan.

Matbuot anjumanida The New York Times muxbiri Trampdan kelasi hafta Eron bilan urushni qayta boshlash niyati bor-yo‘qligini so‘ragan.

«Nega bunday ahmoqona savol beryapsiz? Aytaylik, men buni amalga oshirishni rejalashtiryapman. Bu haqda sizga aytamanmi? Siz mendan kelasi hafta urushni qayta boshlash niyatim bormi, deb so‘rayapsiz. Aytaylik, niyatim bor. Buni sizga aytamanmi? Agar niyatim bo‘lmasa, bu haqda sizga aytamanmi?» — deya javob bergan AQSh prezidenti.

Kiritildi: Bugun 14:40. O'qildi: 424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!