Polsha bosh vaziri Donald Tusk mamlakat Konstitusiyaviy sudi faoliyati yuzasidan kelib chiqqan bahsda prezident Karol Navroskiy bilan murosaga borish niyatida emasligini ma’lum qildi.
TVP Info xabar berishicha, hukumat rahbari bu haqda kechqurun millatga qilgan murojaatida aytgan.
«Biz mustaqil va demokratik Polsha degan bu bebaho ne’matni juda uzoq kutdik. Endi esa qo‘rqib, yon berishimiz mumkin emas», — dedi Tusk.
Bosh vazir amaldagi prezident Karol Navroskiy va uning o‘tmishdoshi Andjey Dudani mamlakatda qonun ustuvorligiga putur yetkazishda aybladi.
«Huquqiy davlatda siyosatchi, hatto prezident bo‘lsa ham, sud faoliyatiga aralashishi, ko‘rsatmalar berishi va sudyalarni qo‘rqitishi mumkin emas», — dedi Polsha hukumati rahbari.