XAMAS harakati va Falastin fraksiyalari Tinchlik Kengashi tomonidan taqdim etilgan G‘azo sektoridagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha kelishuvning barcha bandlariga rozi bo‘lishdi.
Bu haqda Al Hadath telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.
Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo rejasi bo‘yicha XAMAS bilan tuzilgan kelishuvlarga oid barcha bandlar bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Ta’kidlanishicha, kelishuvlar Isroil tomoni XAMAS tomonidan qabul qilingan shartlarni tasdiqlaganidan keyin rasmiy e’lon qilinadi.
Erishilgan kelishuv tafsilotlari juma kunigacha ommaga e’lon qilinishi kutilmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, XAMAS tomonidan qabul qilingan shartlar, masalan, G‘azoni boshqaradigan Falastin milliy qo‘mitasiga og‘ir qurollarni o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. XAMAS shuningdek, qurollarni o‘tkazish jarayonining o‘zi Isroil qo‘shinlarining amalda chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lishi va qurollarni inventarizasiya qilish va saqlash muddati kamida 14 kun bo‘lishi kerakligiga rozi bo‘ldi.