Bugun 20 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

“Wabtec” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

“Wabtec” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Wabtec” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi.

Uchrashuvda mamlakatimizda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni ularning uzoq muddatli servisi bilan birga yetkazib berish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Tog‘-kon korxonalarining karyer texnikasi uchun servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

“Wabtec” kompaniyasi – lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahonning yetakchi kompaniyalaridan biri. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.

Kiritildi: 18:20 19.10.2026. O'qildi: 396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!