Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Registon maydonida jurnalistlar qarshisida birga chiqish qildi. U o‘z so‘zini O‘zbekiston tomoniga samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirishdan boshladi.
AQSh Davlat kotibi Samarqand asrlar davomida jahon savdosining muhim chorrahasi bo‘lib kelganini ta’kidlab, bugun bu yerga qariyb 300 ta Amerika kompaniyasi vakillari kelganini bildirdi.
Rubioning so‘zlariga ko‘ra, tashrif yakunlari bo‘yicha milliardlab dollarlik kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda. Rubio AQSh O‘zbekiston va mintaqa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi.