Bugun 19 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Lavrov: Zelenskiy muzokaralarni istamayapti

Lavrov: Zelenskiy muzokaralarni istamayapti

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy muzokaralar o‘tkazishni istamayotganini va avval ham bir necha bor muzokaralarni izdan chiqarganini ma’lum qildi.

Bu haqda u Manamada Rossiya va Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi o‘rtasidagi strategik muloqotning to‘qqizinchi raundi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytdi.

«Bizning yagona xulosamiz shu: Zelenskiy muzokaralarni istama yapti. U avval ham, jumladan, 2019 yil dekabr oyida Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyin ham ularni bir necha bor barbod qilgan», — dedi Lavrov.

Vazirning eslatishicha, 2019 yil dekabr oyida Parijda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Angela Merkel va Vladimir Zelenskiy Minsk kelishuvlarini bajarish zarurligi, jumladan, Donbassning alohida maqomini Ukraina Konstitusiyasida aks ettirish masalasi bo‘yicha qaror qabul qilgan. Biroq, Lavrovning ta’kidlashicha, ular bu majburiyatlarni bajarishni rejalashtirmagan.

Shuningdek, u 2025 yil yozida Zelenskiy Istanbuldagi muzokaralarni to‘xtatganini aytdi. Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya, Ukraina va AQSh o‘rtasida Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan uch tomonlama uchrashuvdan keyin esa Rossiya tashabbusi bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra muzokaralar jarayonida siljish kuzatilmagan.

«Zelenskiy hatto kelishuvlarga erishish yo‘lida oldinga siljishni ham istamayotgani ayon», — deya xulosa qildi Rossiya tashqi ishlar vaziri.


Kiritildi: Bugun 09:45. O'qildi: 247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!