Bugun 19 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Marko Rubioning Samarqandga tashrifi: Muzokaralar kun tartibida nimalar bor?

Marko Rubioning Samarqandga tashrifi: Muzokaralar kun tartibida nimalar bor?


AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning Samarqandga tashrifi nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun yirik geosiyosiy voqeadir. Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mehmonni kutib olar ekan:
"AQSh Davlat kotibi Marko Rubioni ko‘hna va navqiron Samarqand zaminida qutlashdan mamnunman. Bu — uning Markaziy Osiyoga ilk tashrifi,"
deya ushbu voqeaning tarixiy ahamiyatini qayd etdi.

O‘z navbatida, Marko Rubio tashrif maqsadini izohlab:
"Shunday davlatlar borki, inqiroz bo‘layotgani uchun emas, munosabatlarimizni rivojlantirish uchun u yerlarga borishni istaymiz,"
deb AQShning mintaqaga nisbatan strategik qiziqishini tasdiqladi. Mazkur tashrif doirasida Amerika va Markaziy Osiyoning besh davlati o‘rtasidagi "C5+1" formatidagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Davlat kotibining:
"Gap faqat O‘zbekiston haqida emas, Markaziy Osiyoning qolgan to‘rt davlati haqida ham ketyapti. Bu aloqalar biz uchun muhim"
degan so‘zlari mintaqaviy integrasiya va xavfsizlik AQSh tashqi siyosatining markazida ekanligini ko‘rsatmoqda. Ushbu muzokaralarda mintaqaviy xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash va strategik metallar kabi eng dolzarb mavzular ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: Bugun 08:12. O'qildi: 388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!