Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Rus qo‘shinlari Kiyevga olib boradigan yaxshi asfalt yo‘ldan yurganida...

Rus qo‘shinlari Kiyevga olib boradigan yaxshi asfalt yo‘ldan yurganida...

Tramp Rossiyaning 2022 yildagi bosqini haqida gapirar ekan, rus qo‘shinlari Kiyevga olib boradigan yaxshi asfalt yo‘ldan yurganida, bir necha soat ichida poytaxtga yetib borishi mumkinligini ikkinchi marta takrorlamoqda.

Uning versiyasiga ko‘ra, generallardan biri asfalt yo‘l o‘rniga dala yo‘llaridan harakatlanishga qaror qilgan, yomg‘irdan keyin tanklar loyga botib qolgan va Ukraina ularni Amerika bergan Javelin raketalari bilan yo‘q qilgan.

Aslida nima bo‘lgan? Rostdan ham rus tanklari botqoqlikka botib qolganmi?

1. Rossiya Kiyevni tez egallashni rejalashtirgan. Britaniyaning RUSI harbiy-tahlil markazi hisobotiga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga bosqinni taxminan 10 kun ichida amalga oshirishni, keyin esa mamlakatni egallashni rejalashtirgan. Kiyevni tez qo‘lga kiritish uchun Ukraina kuchlarini chalg‘itish va kutilmagan yo‘nalishlardan hujum qilish ko‘zda tutilgan.

2. Tanklar faqat dalada emas, asosiy yo‘llarda ham to‘xtab qolgan. 2022 yil fevral oxiri — mart boshida Belarusdan Kiyev tomon harakatlangan Rossiya harbiy kolonnalarida katta tirbandlik yuzaga keldi. Yoqilg‘i va oziq-ovqat ta’minotidagi muammolar, texnikalarning buzilishi, yo‘llarning cheklanganligi va Ukraina hujumlari harakatni sekinlashtirdi. Kolonnalarning ayrim qismlari loyga botib ham qolgan.

3. Rossiyaning Gostomel aeroportini tez egallash rejasi to‘liq amalga oshmadi. Kiyev yaqinidagi Gostomel aeroportini qo‘lga kiritish Rossiya rejasining muhim qismi edi. U yerga havo orqali qo‘shin va texnika yetkazib, poytaxtga tez kirish imkoni paydo bo‘lishi kerak edi. Ukraina kuchlari qarshilik ko‘rsatib, Rossiyaning bu rejasini izdan chiqardi. Rossiya havoda to‘liq ustunlikka ham erisha olmadi.

4. Ukraina armiyasining qarshiligi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Ukraina harbiylari artilleriya, tankka qarshi qurollar, jumladan Javelin raketalari va boshqa vositalardan foydalandi. Rossiyaning oldinga o‘tib ketgan ayrim bo‘linmalari esa ta’minot va qo‘llab-quvvatlashdan uzilib qoldi. RUSI tahliliga ko‘ra, Kiyevni himoya qilishda Ukraina artilleriyasining ommaviy zarbalari ham katta rol o‘ynagan.

5. Rossiya Kiyevni egallay olishi mumkinmidi? Rossiya qo‘shinlari bosqinning dastlabki kunlarida Kiyev atrofigacha yetib kelgani uchun poytaxtning qo‘lga kiritilishi real harbiy xavf bo‘lgan. 2022 yil 2 martda RUSI tahlilida ham Kiyevga hujum jiddiy xavf tug‘dirishi ta’kidlangan. Rossiya armiyasi Kiyevni bir kunda egallash uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlarga ega edi, deb aytishga asos yo‘q. Hatto Rossiya qo‘shinlari shaharga tezroq kirgan taqdirda ham, ular Ukraina armiyasi va shahar ichidagi qarshilikka duch kelardi.

Kiritildi: 23:13 16.10.2026. O'qildi: 842 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!