Bugun 30 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Vobkentlik profilaktika inspektoriga muddatidan oldin «mayor» unvoni berildi

Vobkentlik profilaktika inspektoriga muddatidan oldin «mayor» unvoni berildi

Inson hayotini saqlab qolish — ichki ishlar organlari xodimining eng oliy burchidir. Joriy yilning 29 yanvar kuni Buxoro viloyati Vobkent tumanida o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan profilaktika inspektori haqiqiy qahramonlik namunasini ko‘rsatdi.

U daryoning muzdek suviga o‘zini tashlab, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan 4 nafar farzandning onasini so‘nggi soniyalarda qutqarib qoldi. O‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, fidoiylik ko‘rsatgan Vobkent tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi inspektori, kapitan Rasulov Amrillo Temir o‘g‘li munosib taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan, favqulodda vaziyatda ko‘rsatgan jasorati, qat’iyati va kasbiga sadoqati uchun kapitan Amrillo Rasulovga muddatidan oldin «mayor» maxsus unvoni berildi.

Kiritildi: Bugun 15:21. O'qildi: 548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!