Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Germaniyada «mezbon» nemislar emas, Xitoy bo‘lib bormoqda

Germaniyada «mezbon» nemislar emas, Xitoy bo‘lib bormoqda

2026 yilning dastlabki yetti oyida Germaniya qariyb 2 million dona yangi avtomobil eksport qildi — bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 foizga kam. Pul ifodasidagi pasayish yanada sezilarli bo‘ldi: eksport 8,9 foizga qisqarib, 73,5 milliard yevroni tashkil etdi. Bu haqda Germaniya Federal statistika boshqarmasi ma’lumotlari xabar bermoqda.

Shu bilan birga, Germaniyaga avtomobil importi 16 foizga oshib, qariyb 1,3 million donaga yetdi. Ilk bor asosiy yetkazib beruvchi mamlakat Xitoy bo‘ldi: import qilingan yangi avtomobillarning 13,8 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi, Xitoydan yetkazib berish hajmi esa birdaniga 120,9 foizga oshdi.

Xitoy Chexiya va Ispaniyani ortda qoldirib, Germaniyaga avtomobil yetkazib beruvchi davlatlar orasida birinchi o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, import qilingan avtomobillar orasida elektromobillar ulushi 66,3 foizga oshib, 24,4 foizga yetdi.

Nemis ishlab chiqaruvchilarining muammolari ayniqsa Xitoy bozorida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 2025 yilda Germaniyadan Xitoyga avtomobil va avtomobil ehtiyot qismlari eksporti qariyb uchdan bir qismga qisqardi. 2022 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich bilan solishtirganda, eksport ikki barobardan ko‘proq kamayib, qariyb 13,6 milliard yevroga tushdi.

Kiritildi: Bugun 07:28. O'qildi: 804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!