Venesuela zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi o‘z aktivlaridan 346 million dollar miqdoridagi mablag‘dan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi, deya ma’lum qildi prezident vakolatli vakili Delsi Rodriges.
Bu haqda Rodriges o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mablag‘lar fojiadan keyingi tiklanish va rekonstruksiya ishlariga yo‘naltiriladi.
U mazkur pul mablag‘lari jabrlangan oilalarni uy-joy, infratuzilma, asosiy davlat xizmatlari bilan ta’minlash va boshqa ehtiyojlarni qondirishda yordam berishini ta’kidlab o‘tdi.