Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

O‘zgidromet sovuq havo va sel-suv toshqini xavfidan ogohlantirdi

O‘zgidromet sovuq havo va sel-suv toshqini xavfidan ogohlantirdi



3 oktyabrdan O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir, baland tog‘larda esa qor yog‘ishi kutilmoqda.

Havo harorati kunduzi 15–20 darajagacha, kechalari 5–10 darajagacha pasayadi.

4–5 oktyabr kunlari respublikadagi tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini xavfi bor. Yomg‘ir suvlarining to‘planishi ayrim hududlarni suv bosishiga ham olib kelishi mumkin.

Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida yashovchilar ogoh bo‘lishlari so‘raladi.

“O‘zgidromet” tog‘li hududlarda yashovchi aholi, dam oluvchilar va haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Kiritildi: Bugun 16:32. O'qildi: 987 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!