Bugun 3 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Smotrich G‘arbiy sohilni G‘azoga o‘xshatib, keng ko‘lamli urush boshlashga chaqirdi

Smotrich G‘arbiy sohilni G‘azoga o‘xshatib, keng ko‘lamli urush boshlashga chaqirdi

Isroil moliya vaziri, o‘ta o‘ng qanotdagi «Diniy sionizm» partiyasi rahbari Besalel Smotrich G‘arbiy sohilda keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlash va Falastin ma’muriyatini tugatishga chaqirdi.

Smotrich Ynet portaliga bergan intervyusida G‘arbiy sohilda G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotlarga o‘xshash harakatlarni amalga oshirish kerakligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Isroil armiyasi «barcha terrorchilarni yo‘q qilishi va barcha qurollarni musodara qilishi» kerak.

Smotrich shuningdek, G‘arbiy sohilda Isroil suverenitetini rasman kengaytirish tarafdori ekanini bildirdi.

Uning bayonotlari 27 oktyabrga belgilangan parlament saylovlari arafasida yangradi. Smotrich muxolifat bloklari bilan bir hukumat tarkibida ishlash ehtimolini rad etgan va o‘ng qanot saylovchilari ovozlarining bo‘linib ketishi xavfidan xavotir bildirgan.

Smotrichning chaqiriqlari G‘arbiy sohilda vaziyat keskinlashib, ko‘chmanchilar zo‘ravonligi va harakatlanishga qo‘yilayotgan cheklovlar kuchaygan bir paytda bildirildi. Isroil hukumati Sukkot bayrami munosabati bilan nazorat-o‘tkazish punktlarini yopgan, harbiylar esa Ramalloh, Turmus-Ayya, Abud, Nabi-Solih va boshqa aholi punktlariga kirish yo‘llarini to‘sgan.

BMTning Insoniy masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil ko‘chmanchilari G‘arbiy sohilning B va A hududlarida yerlarni egallab olish harakatlarini kuchaytirgan. Mintaqada harakatlanishni cheklovchi to‘siqlar soni ham qariyb 1000 taga yetgan.

BMT va Xalqaro sud tomonidan avval ham G‘arbiy sohildagi Isroil aholi punktlarining huquqiy maqomi tanqid qilingan va ular xalqaro huquq normalariga zid ekani ta’kidlangan.

Kiritildi: 23:15 01.10.2026. O'qildi: 1842 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!