Da’voning aniq talablari hozircha oshkor qilinmagan.
Turlov o‘tgan hafta Samarqandda bo‘lib o‘tgan Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) Bosh assambleyasidagi saylovda federasiya prezidenti etib saylangan edi.
Timur Turlov Moskvada tug‘ilgan. U 2022 yilda Rossiya fuqaroligidan voz kechib, Qozog‘iston fuqaroligini olgan. Tadbirkor oilasi bilan 10 yildan ortiq vaqtdan beri Qozog‘istonda yashaydi.
Turlov Qozog‘istonda Freedom Finance xoldingiga asos solgan. Kompaniyaning Yevropa, O‘zbekiston va Armanistonda ham filiallari hamda tarkibiy tuzilmalari mavjud.
Turlov 2023 yildan buyon Qozog‘iston Shaxmat federasiyasiga rahbarlik qilib kelmoqda.