Putin bu haqda «Valday» xalqaro muhokama klubining yalpi majlisida siyosiy yetakchilar o‘rtasidagi madaniy farqlar haqidagi savolga javob berar ekan bildirdi.
Uning aytishicha, o‘zi hozircha xitoy tilida, Si Szinpin esa rus tilida gaplasha olmaydi. Shunga qaramay, ulardan biri biror so‘z aytsa ham, tarjimonsiz bir-birini tushuna oladi.
Putin bunga yaqinda Hindistonda yuz bergan voqeani misol qilib keltirdi. U yerda Putin va Si Szinpin tadbir mezboni — Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashish navbatini kutib turgan maxsus xonada tarjimonlarsiz yolg‘iz qolgan.
Putinning ta’kidlashicha, bu vaziyatda ular o‘rtasida muloqot uchun madaniy yoki til to‘sig‘i sezilmagan.