O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA onlayn reytingida yana bir pog‘ona yuqoriladi.
Kecha milliy jamoamiz o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Suriyani 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba O‘zbekiston hisobiga 3,75 reyting ochkosini qo‘shib berdi.
Natijada milliy terma jamoamiz FIFA onlayn reytingida bir pog‘ona ko‘tarilib, 58-o‘rinni egalladi.
Avvalroq Eron ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin O‘zbekiston 59-pog‘onaga ko‘tarilgan edi. Suriyaga qarshi navbatdagi g‘alaba esa jamoamizni yana bir pog‘ona yuqoriga olib chiqdi.