Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekiston terma jamoasining noyabrdagi raqiblaridan biri ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasining noyabrdagi raqiblaridan biri ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi FIFA kunlari uchun raqiblaridan biri ma’lum bo‘ldi.

Vaziyatdan xabardor manba ma’lumotiga ko‘ra, "oq bo‘rilar" Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Bahs 13 noyabr kuni Saudiya Arabistonida tashkil etilishi kutilmoqda. Hozircha o‘yin Ar-Riyod yoki Dammam shaharlaridan birida o‘tkazilishi mumkinligi aytilmoqda.

Noyabr oyidagi xalqaro o‘yinlar oynasi 9–17 noyabr kunlariga to‘g‘ri keladi. Shu sabab O‘zbekiston terma jamoasi ushbu davrda yana bir nazorat uchrashuvida ishtirok etishi ehtimoli ham bor.

Kiritildi: Bugun 15:42. O'qildi: 374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!