AQSh Ukrainadagi mojaroni tugatishga intilmoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
U bu haqda "Valday" xalqaro munozara klubining XXIII yillik yig‘ilishi yalpi majlisida gapirdi.
"Agar AQSh mojaroni tugatishga intilayotgan bo‘lsa, ko‘rinib turibdiki, Yevropaning ko‘plab davlatlari... Rossiyaga nisbatan tajovuzkor siyosatning tashabbuskorlari bo‘lib chiqmoqda", — dedi Putin.