Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Nega Isroil O‘zbekistonga qiziqib qoldi?

Nega Isroil O‘zbekistonga qiziqib qoldi?

Isroil uchun O‘zbekiston katta bozor, mineral resurslar va mintaqadagi strategik joylashuvi bilan qiziq. 2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistondan Isroilga mis eksporti qariyb ikki baravar oshgan, deb yozmoqda arab nashri.

— O‘zbekiston misi kerak. Biz yiliga qariyb 150 ming tonna mis ishlab chiqaryapmiz. 2030 yilgacha bu ko‘rsatkich 500 ming tonnaga yetishi kepak. Isroil ham o‘zbek misining yirikroq xaridoriga aylanyapti: 2025 yilning birinchi yarmida eksport $7 mlnga yetgan — bir yil avvalga nisbatan qariyb 2 baravar ko‘p. Turkiya Isroilga eksportni to‘xtatgach, o‘zbek misi bu bo‘shliqni qisman to‘ldirgan.

— Aloqalar ancha oldin boshlangan. 2021 yilda O‘zbekiston AQSH, Isroil va BAA tuzgan Abraham Fund’ga $50 mlngacha mablag‘ ajratish majburiyatini olgan.

— Diplomatik aloqalar ham faollashgan. 2025 yil oktyabrda Isroil Knesseti spikeri Toshkentga kelgan.

— Eronga yaqin joylashganmiz. Isroil Eronning shimolidagi Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy, texnologik va xavfsizlik aloqalarini kuchaytiryapti. The New Arab talqinicha, O‘zbekiston bilan yaqinlashuv ham Tehron atrofida yangi hamkorlar tarmog‘ini shakllantirish imkonini beradi.

Kiritildi: 22:14 29.09.2026. O'qildi: 864 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!