Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Zelenskiy Rossiya zarbalarga cheklovlarni bekor qilganini aytdi

Zelenskiy Rossiya zarbalarga cheklovlarni bekor qilganini aytdi



Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning aytishicha, Rossiya rahbari Vladimir Putin sentyabr oyida harbiy qo‘mondonlikka Ukrainaga zarba berishdagi cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Bu haqda Zelenskiy Financial Times nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Ukraina maxsus xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, avval Rossiya asosan energetika va harbiy ob’ektlarni nishonga olgan. Hozir esa dronlar maktablar, aloqa markazlari va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlariga ham hujum qilmoqda.

Rossiya tomoni Zelenskiyning bu bayonotini tasdiqlamagan. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Ukrainadagi ijtimoiy ob’ektlarga zarba bermayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy salohiyatga bevosita yoki bilvosita aloqador ob’ektlar nishonga olinadi.

Kiritildi: Bugun 17:53. O'qildi: 876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!