Putin bu haqda «Valday» xalqaro muhokama klubining yalpi majlisida moderatorning Rossiya Ukraina uchun neytral maqomni hanuz maqsad qilib qo‘yayotgan-qo‘ymayotgani haqidagi savoliga javob berar ekan aytdi.
«Ha», — dedi Putin. U Ukraina mustaqillikka erishgan paytda neytral maqomni e’lon qilganini ta’kidladi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina mustaqillikni aynan shu deklarasiya asosida olgan va unda mamlakat neytral davlat ekani ko‘rsatilgan.