Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonlik badiiy gimnastikachilar Xitoydagi musobaqada birinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik badiiy gimnastikachilar Xitoydagi musobaqada birinchi o‘rinni egalladi

2025 yil 10–11 may kunlari Xitoyning Guanchjou shahrida Xalqaro sport klublari uyushmasi, mamlakatimizning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi va Xitoyning sport klubi hamkorligida “EAST CUP & OLIMPIC STARS” badiiy gimnastika bo‘yicha xalqaro sport musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa O‘zbekistonda joylashgan Xalqaro sport klublari uyushmasi tomonidan tashkil etildi.

Tadbir davomida, shuningdek, tashkilotning 3-xalqaro kongress majlisi o‘tkazildi. Unda yana bir qator xorijiy davlatlar sport jamoalarini uyushmaga a’zo bo‘lishi va kelajakda uning miqyosini yanada kengaytirish xususida ishtirokchi davlatlarning jamoalari rahbarlari o‘zaro kelishib oldilar.

Musobaqada O‘zbekiston, Turkmaniston, Rossiya, Xitoy va boshqa jami 11 ta davlatdan 150 dan ortiq sportchi ishtirok etdi. Tadbirlarda O‘zbekistondan 11 nafar sportchi qizlar yurtimiz sharafini himoya qilib, bir necha yo‘nalishda sovrinli o‘rinlarni egallashdi. Jumladan, Mun Danika va Yandasheva Safinalar faxrli birinchi o‘rinni, guruh bahslarida 2015–2016 yillarda tug‘ilgan O‘zbekiston qizlar jamoasi 1-o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun: ushbu xalqaro musobaqa 2024 yilda xorijiy davlatlar ichida birinchi marta Rossiya Federasiyasining Moskva shahrida o‘tkazilgan, Guanchjou shahrida ikkinchi bor muvaffaqiyatli tashkil etildi hamda sport musobaqasi Gran-pri darajasida o‘tkazildi.

Eng kuchli badiiy gimnastikachi qizlar sport ustaligiga nomzod darajasiga erishdilar. Musobaqaning yakunlanishida Xalqaro sport klublari assosiasiyasi prezidenti — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Z. Abdullayeva, tashkilot vise-prezidenti Chun Li xonim musobaqa barcha ishtirokchi va homiylarini tadbir bilan tabrikladilar va g‘oliblarga medal, faxriy yorliq hamda boshqa esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

O‘zbekistonlik badiiy gimnastikachilar Xitoydagi musobaqada birinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik badiiy gimnastikachilar Xitoydagi musobaqada birinchi o‘rinni egalladi

Kiritildi: 15:21 22.05.2025. O'qildi: 605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!