"Tinchlik rejasini ilgari surishda Vashington hududlar masalasi, Ukrainaning NATO'ga a’zoligi, Ukraina armiyasining soni, madaniy siyosat hamda Zaporijjya AES ustidan nazorat borasidagi kelishmovchiliklarga to‘qnash kelmoqda", deya qayd etadi gazeta.
The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev ayrim takliflar qabul qilinishi uchun bosimlar bo‘layotgani va bu Ukraina suverenitet uchun xavfli deb hisoblashini bildirmoqda. Moskva esa muzokaralarni bosim o‘tkazish vositasi sifatida qo‘llab, harbiy tahdidlardan voz kechmayapti.