Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Kongo terma jamoasi safida maydonga tushgan ayrim futbolchilarning o‘ynash huquqini tekshirmoqda. Bunga sabab ularning fuqarolik va terma jamoa tanlash jarayonida FIFA qoidalari buzilgan bo‘lishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, Kongo tarkibidagi taxminan 9 nafar futbolchi hujjatlarni to‘liq rasmiylashtirmagan holda terma jamoa safida o‘ynagan.Tashkilot qoidalariga ko‘ra, faqat pasportga ega bo‘lish yetarli emas — futbolchi milliy va xalqaro talablarga ham to‘liq javob berishi shart.

Agar qoidabuzarliklar tasdiqlansa, Kongo terma jamoasi sanksiyalarga tortilishi, hatto natijalar bekor qilinishi mumkin. Bu holat Nigeriyaning "JCH–2026" yo‘llanmasi uchun umidini saqlab qolmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston "K" guruhidan joy olgan bo‘lib, Portugaliya, Kolumbiya hamda Kongo / Yangi Kaledoniya / Yamayka terma jamoalari bilan bahs olib boradi.

Kiritildi: 23:43 16.12.2025. O'qildi: 37957 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!