«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Brentford» ustozi Keyt Endryusning birinchi bo‘limida Abduqodir Husanov maydondan chetlatilishi kerak edi, deb hisoblayotgani haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Qo‘ysangizchi... Ertaga men uni mashg‘ulotlar qarorgohimizga taklif qilaman. O‘sha yerda u bilan bir finjon qahva ustida bu masalani gaplashib olamiz (Pep shu yerda hazilga ishora qilib ko‘zini qisib qo‘ydi)...», - dedi ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida.