Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonga o‘qish uchun kelgan xorijliklar soni 2,2 barobar oshdi

O‘zbekistonga o‘qish uchun kelgan xorijliklar soni 2,2 barobar oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar–iyun oylarida 21 ming 42 nafar chet el fuqarosi o‘qish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.

Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 11,5 ming nafarga yoki 2,2 barobarga oshgan.

O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan xorijliklar orasida Turkmaniston fuqarolari keskin ustunlik qilgan. Ularning soni 9 ming 207 nafarni tashkil etgan.

Mazkur davrda O‘zbekistonga o‘qish uchun kelgan xorijliklar soni mamlakatlar kesimida quyidagicha:

  • Turkmaniston — 9 ming 207 nafar;
  • Hindiston — 3 ming 723 nafar;
  • Tojikiston — 1 ming 915 nafar;
  • Xitoy — 951 nafar;
  • Qirg‘iz Respublikasi — 834 nafar;
  • Pokiston — 689 nafar;
  • Misr — 603 nafar;
  • Koreya Respublikasi — 526 nafar;
  • Filippin — 367 nafar;
  • AQSh — 302 nafar.

Shu jumladan, qolgan davlatlardan jami 1 ming 925 nafar fuqaro o‘qish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.

Kiritildi: 16:23 09.08.2026. O'qildi: 336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!