Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda shifokor va farmasevtlar uchun yangi talab joriy etiladi

O‘zbekistonda shifokor va farmasevtlar uchun yangi talab joriy etiladi

O‘zbekistonda tibbiyot va farmasevtika sohasi mutaxassislarining faoliyat yuritishi uchun yangi tartib belgilanmoqda. 2030 yil 1 yanvardan boshlab ushbu yo‘nalishlarda ishlash uchun davlat ro‘yxatidan o‘tish majburiy hisoblanadi.

Yangi talabga muvofiq, mutaxassislar tegishli imtihondan o‘tib, kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi guvohnomaga ega bo‘lishi kerak. Mazkur hujjat besh yil davomida amal qiladi.

Belgilangan sanadan keyin davlat ro‘yxatidan o‘tmagan va guvohnoma olmagan shaxslarga tibbiyot hamda farmasevtika sohalarida ishlashga ruxsat berilmaydi.

Ayrim tajribali mutaxassislar uchun esa istisno nazarda tutilgan. Xususan, o‘z yo‘nalishida kamida 20 yil ishlagan va ilmiy darajaga ega xodimlarga guvohnoma imtihon topshirmasdan rasmiylashtirib beriladi.

Kiritildi: 17:21 21.10.2026. O'qildi: 369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!