Bugun 14 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda “Madaniy yaqinlikdan siyosiy ittifoqdoshlikka: Ozarbayjon–O‘zbekiston munosabatlarida umumiy o‘zlikning roli” mavzusida mahorat darslari va seminarlar o‘tkazildi

O‘zbekistonda “Madaniy yaqinlikdan siyosiy ittifoqdoshlikka: Ozarbayjon–O‘zbekiston munosabatlarida umumiy o‘zlikning roli” mavzusida mahorat darslari va seminarlar o‘tkazildi

Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi tasarrufidagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazining “Madaniyat laboratoriyasi” loyihasi doirasida ozarbayjonlik olima, Anqara Hoji Bayram Veli universiteti dosenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Marziya Mammadli tomonidan O‘zbekistonning bir qator oliy ta’lim muassasalarida “Madaniy yaqinlikdan siyosiy ittifoqdoshlikka: Ozarbayjon–O‘zbekiston munosabatlarida umumiy o‘zlikning roli” mavzusida mahorat darslari va seminarlar o‘tkazildi.

Seminarlar Ozarbayjon Madaniyat markazi tashabbusi bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Buxoro davlat universiteti hamda Samarqand davlat iqtisodiyot va servis institutida tashkil etilgan Ozarbayjonshunoslik markazlarida o‘tkazildi.

“Mushtarak merosimizni o‘rganish” yo‘nalishi doirasida o‘tkazilgan seminarlarda ozarbayjon va o‘zbek xalqlarini birlashtiruvchi umumiy tarixiy ildizlar, ma’naviy qadriyatlar hamda madaniy yaqinlik masalalari muhokama qilindi.

Dosent Marziya Mammadli o‘z chiqishlarida Ozarbayjon–O‘zbekiston munosabatlarining umumiy tarixiy meros, boy ma’naviy qadriyatlar va madaniy yaqinlikka asoslangan qardoshlik xususiyatini alohida ta’kidladi. U asrlar davomida shakllanib, avloddan avlodga o‘tib kelayotgan bu bog‘liqlik xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlayotganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, umumiy tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylash va o‘rganish ikki mamlakat o‘rtasidagi abadiy do‘stlik hamda strategik sheriklik munosabatlarining yanada rivojlanishiga muhim hissa qo‘shadi.

Interaktiv muhokamalar sharoitida o‘tgan tadbirlarda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi, mavzuga oid taqdimotlar namoyish etildi.

Kiritildi: 20:50 13.11.2026. O'qildi: 315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik