Bugun 13 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Evropa yetakchilari kelisha olmayapti?!

Evropa yetakchilari kelisha olmayapti?!

Evropa yetakchilari Ukrainaga oid muzokaralarda ularning nomidan kim ishtirok etishi borasida kelisha olmayapti, deb yozmoqda Financial Times

Evropa davlatlari Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini tugatish bo‘yicha muzokaralarda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni talab qilmoqdalar, biroq ular o‘z manfaatlarini aynan kim ifoda etishi kerakligi borasida hali ham umumiy to‘xtamga kela olishmadi. Financial Times nashrining xabar berishicha, ushbu masala Dublinda bo‘lib o‘tgan Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitida asosiy muhokama mavzularidan biriga aylandi. Yevropa yetakchilari Moskva va Vashington Yevropa davlatlarini jalb qilmagan holda, butun qit’a xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan kelishuvga erishib qo‘yishidan xavotirdalar.

Vakil tanlash va muzokaralar formati borasidagi kelishmovchiliklar hamon davom etmoqda. Italiya Yevropa nomidan yagona vakil ishtirok etishini yoqlayotgan bo‘lsa, Fransiya va Germaniya Yevropaning yirik davlatlari yetakchi rolini saqlab qolish tarafdori. Germaniya kansleri Fridrix Mers hamkorlikning sinalgan shakli sifatida "Evropa uchligi" — Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniyani misol qilib keltirdi.

Kiritildi: Bugun 14:30. O'qildi: 864 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik