Bugun 11 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Evropaliklar Abu-Dabiga kelishibdi — mayli, mehmonxonalarida o‘tiraversinlar"

"Evropaliklar Abu-Dabiga kelishibdi — mayli, mehmonxonalarida o‘tiraversinlar"

Abu-Dabidagi muzokaralar Ukraina, Rossiya va Yevropa mintaqasi uchun kelajakdagi xavfsizlik arxitekturasi parametrlarini muhokama qilishga qaratilgan , dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

Lavrovning boshqa bayonotlari:

— Rossiya Yevropaning Ukrainada zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi talablariga rozi bo‘lmaydi;

— Avval Yevropa xavfsizligi parametrlari belgilab olinishi kerak, shundan keyingina e’tiborni Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi kelishuv masalasiga qaratish mumkin;

— Yevropaliklar Abu-Dabiga kelishibdi — mayli, mehmonxonalarida o‘tiraversinlar;

— Armaniston KXSHT (Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti) nizomiga muvofiq, yillik badallarni to‘lash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmayapti;

— Armanistondan KXSHT yoki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidan (EOII) chiqish bo‘yicha hech qanday rasmiy so‘rov kelib tushmagan;

— Armaniston KXSHTdan chiqarib yuborilmaydi;

— Bu yerda noaniqlikka o‘rin yo‘q: Yerevan 2024-yildan beri hech qanday badal to‘lamagan. Tashkilot doirasida Armanistonni ovoz berish huquqidan mahrum qilish masalasi muhokamaga qo‘yiladi;

— KXSHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi 2027-yilning birinchi yarmida Tojikistonda bo‘lib o‘tadi;

— Rossiya KXSHTga raislik qilgan davrda tashkilot ichidagi integrasiya jarayonlarini izchil chuqurlashtirish hamda uning xalqaro nufuzini oshirish siyosatini olib bordi.

Kiritildi: 20:14 10.11.2026. O'qildi: 3753 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik