Bugun 14 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Rossiyada chemodandan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Rossiyada chemodandan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida chemodan ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi. Qotillikda ayolning 15 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda tug‘ilgan ayol Sankt-Peterburgda farrosh bo‘lib ishlagan. U joriy yilning 1 noyabr kuni oxirgi marta ishga borganidan keyin bedarak yo‘qolgan. Shundan so‘ng, uning yaqinlari ayol bilan bog‘lana olmagan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakiliga ko‘ra, ayol telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan, biroq SMS orqali yozishmalarni davom ettirgan. U xabarlarda qayerdaligi yoki kim bilan ekani haqida ma’lumot bermagan. Ayolning opasi uning yo‘qolgani yuzasidan polisiyaga ariza bilan murojaat qilgan.

Marhuma ijaraga olingan xonadonda o‘g‘li bilan birga yashagan. O‘g‘il esa maktabga onasi nomidan yozilgan, kasalligi sabab darslarga bormasligi haqidagi xatni olib borgan.

IIV ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 2 noyabr kuni maktab o‘quvchisi va uning onasi o‘rtasida janjal kelib chiqqan va kelishmovchilik davomida o‘smir ayolni bo‘g‘ib o‘ldirgan.

“Baza”ning qayd etishicha, o‘smir ilgari ham onasi bilan doimiy ravishda janjallashib kelgan. REN TVning aniqlik kiritishicha, keskin munosabatlarga chekish sabab bo‘lgan. Qotillik bilan yakunlangan janjal ham aynan shu masala yuzasidan yuz bergan. Ayol navbatdagi marta o‘g‘lini zararli odatdan voz kechishga ko‘ndirishga uringan va unga veyp chekishni taqiqlagan. Bunga javoban maktab o‘quvchisi unga hujum qilgan.

“Janjal paytida yigit ayolga tashlanib, uni poyabzal iplari yordamida bo‘g‘ib o‘ldirgan. Shundan so‘ng, u jasadni butunligicha chamadonga joylashtirib, ekotropaga yashirib qo‘ygan”, deb yozgan edi “Life”.

“Baza”, shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlari onasini qidirayotgan bir paytda, o‘smir o‘zini uning qayerga g‘oyib bo‘lganini bilmaslikka olib yurgan.

Kiritildi: 18:02 13.11.2026. O'qildi: 827 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik