Bugun 13 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Ostonada ko‘p qavatli uydan dollarga to‘ldirilgan sakkizta chamadon tashlab yuborildi

Ostonada ko‘p qavatli uydan dollarga to‘ldirilgan sakkizta chamadon tashlab yuborildi

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahridagi “Atlant” majmuasiga qarashli ko‘p qavatli turarjoy binosidan pul to‘ldirilgan sakkizta chamadon uloqtirib yuborildi, deb xabar berdi Qozog‘iston va Rossiya matbuoti voqea guvohlari olgan videotasvirlarga tayanib. Xabarlarda 80 million dollar miqdoridagi summa haqida so‘z bormoqda.

Ushbu hodisa “Samruk-Kazina” davlat jamg‘armasi boshqaruvi raisi Nurlan Jaqupov hamda “KTJ” milliy temiryo‘l kompaniyasi rahbari Eljas Otinshiyevning korrupsiyaga oid ish doirasida qo‘lga olinishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. “KTJ” ofisi aynan “Atlant” turarjoy majmuasi yonida joylashgan. Biroq hozircha pulli chamadonlar va top-menejerlar qo‘lga olinishi o‘rtasida bog‘liqlik borligi rasman tasdiqlanmagan.

Hozircha Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari pulli chamadonlar haqidagi xabarlarga izoh bermadi

Kiritildi: Bugun 11:59. O'qildi: 833 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik