Germaniya hukumati vakili Shtefan Kornelius Berlin Moskva bilan muloqotga tayyorligini bildirdi, deb yozadi Die Zeit.
Uning aytishicha, Abu-Dabidagi muzokaralar natijasida erishilgan kelishuvlar Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Fridrix Mersning kelgusi uchrashuvi uchun asos bo‘lishi mumkin.
Kreml TASS axborot agentligi orqali Putin Yevropa Ittifoqi, shuningdek, Mers bilan aloqalar uchun ochiqligini ma’lum qildi.
Kanslerning o‘zi o‘tgan juma kuni, agar Putin dekabr oyida Mayamiga G20 sammitiga kelsa, uchrashuvdan bosh tortmasligini aytdi.
Korneliusning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari AQSh va Ukraina bilan birgalikda urushni tugatish bo‘yicha keyingi muzokaralarning to‘rtta tamoyilini kelishib olgan. Xususan, avval Ukrainada tinchlik haqida kelishib olish, shundan keyingina Yevropa va transatlantik xavfsizlikni muhokama qilish kerak. Har qanday kelishuv faqat barcha ittifoqchilarning roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.