Bugun 13 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Ponomaryov: "O‘zbekiston terma jamoasi umuman futbol o‘ynashni bilmaydi"

Ponomaryov: "O‘zbekiston terma jamoasi umuman futbol o‘ynashni bilmaydi"

Moskvaning SSKA klubi sobiq futbolchisi Vladimir Ponomaryov O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasida kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Valeriy Karpin shogirdlari 3:2 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.

«Bunday raqibga beshta gol urish kerak edi. O‘zbekiston terma jamoasi umuman futbol o‘ynashni bilmaydi. Biz esa shunday saviyasiz jamoa bilan bir yarim taym davomida ovora bo‘ldik.

Agar mag‘lub bo‘lganimizda, bu sharmandalik bo‘lardi», — deya Ponomaryovning so‘zlarini keltirmoqda Rusfootball nashri.

Kiritildi: Bugun 11:58. O'qildi: 1226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik