O‘zbekistonda elektr va issiqlik energiyasidan behuda foydalangan mansabdor shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga 8 million 800 ming so‘mgacha jarima solinishi mumkin.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, bunday huquqbuzarlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 20 baravarigacha, ya’ni 4 million 400 ming so‘mdan 8 million 800 ming so‘mgacha moliyaviy jazo belgilangan.
Agar shaxs ma’muriy jazoga tortilganidan keyin bir yil ichida energiyani yana behuda sarflasa, jarima miqdori oshadi.
Takroriy huquqbuzarlik uchun BHMning 20–35 baravari miqdorida, ya’ni 8 million 800 ming so‘mdan 15 million 400 ming so‘mgacha jarima qo‘llaniladi.