Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Bibisora Asaubayeva Javohir Sindorov bilan to‘yi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Bibisora Asaubayeva Javohir Sindorov bilan to‘yi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Qozog‘istonlik taniqli shaxmatchi Bibisora Asaubayeva o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov bilan turmush qurishi haqidagi xabarlardan noroziligini bildirdi.

U Telegram kanalida mahalliy internet nashrlarining bir qator materiallarini e’lon qilib, shaxsiy hayoti atrofida tarqalayotgan ma’lumotlarni tanqid qildi.

Ayrim OAV Asaubayevani Sindorovning bo‘lajak rafiqasi sifatida tilga olgan. Boshqa nashrlarda esa ehtimoliy to‘y, oila a’zolarining rejalari va hatto juftlikning kelajakdagi farzandlari haqida sarlavhalar paydo bo‘lgan.

«O‘z hayoting bilan yashab yurgan paytingda birdaniga shunday xabarlarga duch kelasan. Nazarimda, OAV e’tibor qozonish uchun hech narsadan qaytmayapti», — deya munosabat bildirdi shaxmatchi.

Mazkur muhokamalarga Javohir Sindorovning bobosi, O‘zbekiston shaxmat federasiyasi raisi o‘rinbosari Komil Sindorovning «Qarorgoh» podkastidagi fikrlari ham sabab bo‘lgan.

U nabirasi va Asaubayeva oila qurishga qaror qilsa, bunga qarshilik bildirmasligini aytgan. Biroq hozir Javohir uchun asosiy vazifa shaxmatdagi maqsadlariga erishish ekanini ta’kidlagan.

Komil Sindorovning so‘zlariga ko‘ra, Javohir jahon chempioni bo‘lib, shaxmat tojini O‘zbekistonga olib kelganidan keyin to‘y masalasini muhokama qilish mumkin.

Hozircha ikki shaxmatchining nikohdan o‘tishi yoki to‘y sanasi haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: 23:39 21.10.2026. O'qildi: 311 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!