Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

«Oltin to‘p» g‘olibi nomi marosimdan oldin oshkor bo‘ldimi?

«Oltin to‘p» g‘olibi nomi marosimdan oldin oshkor bo‘ldimi?

«Oltin to‘p» mukofotining navbatdagi sohibi e’lon qilinishiga bir necha kun qolganida, internetda Xarri Keynning g‘alabasi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Winna FC sahifasiga ko‘ra, «Bavariya» va Angliya terma jamoasi hujumchisi ovoz berish natijalari bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan. Manba futbolchi mukofotni qo‘lga kiritganidan xabardor qilingani va u bilan maxsus fotosessiya o‘tkazilishi rejalashtirilganini iddao qilmoqda.

Biroq bu xabarning ishonchliligi savol ostida. Qariyb 250 ming obunachiga ega sahifa tarqatgan ma’lumot hozircha rasmiy manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.

Qolaversa, «Oltin to‘p» tashkilotchilari so‘nggi yillarda g‘olibni marosimgacha sir saqlash amaliyotini yo‘lga qo‘ygan. Avvallari mukofot sohibi oldindan xabardor qilinib, France Football jurnali uchun intervyu va fotosuratlar tayyorlanardi. Biroq natijalarning matbuotga sizib chiqishi sabab bu tartib o‘zgartirilgan.

2026 yilgi «Oltin to‘p» g‘olibi 26 oktyabr, dushanba kuni Londonda o‘tadigan taqdirlash marosimida rasman ma’lum bo‘ladi.

Kiritildi: 23:43 21.10.2026. O'qildi: 354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!