Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasidan ketishga tayyorgarlik ko‘rmoqdami?

Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasidan ketishga tayyorgarlik ko‘rmoqdami?

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro faoliyatining keyingi bosqichini Amerika qit’asida o‘tkazishi mumkin. Italiyalik mutaxassis AQSh va Meksika futbol bozorida ishlaydigan agentlik bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Meksikaning TUDN telekanali jurnalisti Fransisko Arredondo «Linea de 4» dasturida ma’lum qilishicha, mazkur agentlik 2006 yilgi jahon chempioni uchun MLS va Liga MX klublaridan takliflar izlaydi.

Shu bilan birga, Kannavaro hozircha O‘zbekiston terma jamoasini tark etgani yo‘q. U 2025 yil oktyabrida milliy jamoa boshqaruvini qabul qilib olgan va 2026 yilgi mundialda unga ustozlik qilgan. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi jahon chempionatidan keyin murabbiyning shartnomasi 2027 yil oktyabrigacha amal qilishini tasdiqlagan.

Italiyalik mutaxassis qo‘l ostida terma jamoa sentyabr va oktyabr oylarida Eronni 3:1, Suriyani 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Janubiy Koreya bilan bahs esa 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlandi.

Avvalroq «Guanchjou», «Benevento», «Udineze» va Zagrebning «Dinamo» klublarida, shuningdek, Xitoy terma jamoasida ishlagan Kannavaroning kelajagi yuzasidan hozircha rasmiy o‘zgarish e’lon qilinmagan.

Kiritildi: 19:44 21.10.2026. O'qildi: 795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!