Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Mourinyo "El-klasiko" oldidan bahonalarni boshladi(mi)?

Mourinyo "El-klasiko" oldidan bahonalarni boshladi(mi)?

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-turidan o‘rin olgan «RB Leypsig»ga qarshi uchrashuvdagi g‘alaba (4:1) haqida fikr bildirdi.

«Bernarduga bunday o‘yin juda zarur edi. Shuning uchun xursandman. Bugungi kunga qadar u «Real» safida deyarli ko‘zga tashlanmayotgandi.

Menga yoqmagan yagona jihat — darvozamizdan gol o‘tkazib yuborganimiz bo‘ldi. Kurtua bunday golni o‘tkazib yuborishga loyiq emasdi.

Jamoa yaxshi o‘yin o‘tkazdi, o‘ng qanotdagi harakatlarimiz juda samarali bo‘ldi. Hozir hisobimizda 9 ochko bor va pley-offga chiqishga juda yaqinmiz.

Biroq «Barselona» bilan «El-klasiko» oldidan dam olish uchun bizda raqibimizga qaraganda 24 soat kamroq vaqt bor», — dedi Mourinyo.

Kiritildi: Bugun 08:40. O'qildi: 988 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!