Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

«Manchester Siti»da yana bir «qurol» paydo bo‘ldi»

«Manchester Siti»da yana bir «qurol» paydo bo‘ldi»

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska Chempionlar ligasida AYEKga qarshi uchrashuvda hujumchi Fil Fodenning o‘yiniga baho berdi.

«Shaharliklar» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida Gresiya jamoasini 5:1 hisobida mag‘lub etishdi. Foden uchrashuv davomida xet-trik qayd etdi.

«U o‘zini ajoyib ko‘rsatmoqda va bu aynan bizga kerak bo‘lgan narsa — bir qator sabablarga ko‘ra. Avvalo, u yuqori saviyali futbolchi.

Men u uchun xursandman, shuningdek, butun jamoa uchun ham xursandman. Chunki bizda foydalanishimiz mumkin bo‘lgan yana bir «qurol» paydo bo‘ldi», — dedi Mareska TNT Sports efirida.

«Manchester Siti» Chempionlar ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida 6 ochko bilan oltinchi o‘rinni egallab turibdi. Mareska shogirdlari navbatdagi uchrashuvini 4 noyabr kuni «RB Leypsig»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 17:24 21.10.2026. O'qildi: 798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!