Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

«Nega aynan men?»: "PSJ" yulduzi og‘ir jarohatdan so‘ng ta’sirli murojaat yo‘lladi

«Nega aynan men?»: "PSJ" yulduzi og‘ir jarohatdan so‘ng ta’sirli murojaat yo‘lladi

"PSJ"ning gruziyalik hujumchisi Xvicha Kvarasxeliyani uzoq muddatli tiklanish jarayoni kutmoqda. Futbolchining o‘ng tizzasidagi oldingi xochsimon bog‘lam uzilgani aniqlandi.

Kvarasxeliya 20 oktyabr kuni Chempionlar ligasining 3-turida «Barselona»ga qarshi o‘tkazilgan va parijliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvda jarohat olgan.

Futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi murojaatida ushbu voqea o‘zi uchun qanchalik og‘ir kechayotganini yashirmadi.

«Har bir o‘yin oldidan Xudodan maydonni sog‘lom tark etishni so‘rardim. Afsuski, bu safar duolarim ijobat bo‘lmadi. Hanuzgacha bir savolga javob topolmayapman: nega aynan men?» — deya yozdi u.

Gruziyalik futbolchi uchrashuvga juda puxta tayyorgarlik ko‘rganini, biroq bunday sinovga tayyor bo‘lmaganini ta’kidladi. Shunga qaramay, u oldindagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishga qat’iy qaror qilgan.

«Agar mening jarohatim tufayli boshqa futbolchilar sog‘ qolgan bo‘lsa, oldindagi og‘riqli va mashaqqatli oylarga chidashga tayyorman. Yanada kuchli bo‘lib qaytishim kerak. Meni doim qo‘llab-quvvatlagan insonlarning ishonchini oqlayman. Buning uchun bor kuchimni sarflayman», — dedi Kvarasxeliya.

"PSJ" hujumchisi murojaati yakunida muxlislarga qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirib, tez orada ko‘rishishga umid qilishini aytdi.

Kiritildi: 17:24 21.10.2026. O'qildi: 594 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!