Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda 2026 yilning 9 oyida 18 mingdan ortiq shaxsga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi

O‘zbekistonda 2026 yilning 9 oyida 18 mingdan ortiq shaxsga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi


Oliy sud ma’lumotiga ko‘ra, yanvar–sentyabr oylarida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda 78 ming 739 nafar shaxsga nisbatan 64 ming 902 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan.

Asosiy raqamlar:

➖ 57 ming 376 nafar shaxs sudlangan. Shundan 18 ming 26 nafari ozodlikdan mahrum qilingan, 38 ming 737 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlangan;

➖ 385 nafar shaxs, jumladan, 161 nafar qatag‘on qurboni oqlanib, reabilitasiya qilingan;

➖ 6 ming 377 nafar shaxs ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangani sababli sud zalida qamoqdan ozod qilingan;

➖ 13 ming 938 nafar shaxsga nisbatan tergov organlari asossiz qo‘ygan moddalar ayblovdan chiqarilgan yoki qayta malakalangan;

➖ 26 ming 794 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan, 8 ming 761 nafarining jazosi yengilrog‘iga almashtirilgan.

Ko‘rib chiqilgan jinoyat ishlarining aksariyatini firibgarlik, o‘g‘rilik, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish va giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar tashkil etgan.

Kiritildi: 14:40 14.11.2026. O'qildi: 546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik