Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ID-karta bilan safar qilishga ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ID-karta bilan safar qilishga ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro safarlarini yanada osonlashtirish bo‘yicha yangi tashabbus ilgari surildi.

Endilikda ikki mamlakat aholisiga xorijga chiqish pasporti o‘rniga ID-karta bilan chegaradan o‘tish imkoniyatini yaratish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Mazkur taklif O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayevning Qozog‘iston elchisi Yerali Tug‘jonov bilan uchrashuvida muhokama qilindi.

Muzokaralarda, shuningdek, Qozog‘istonning QazETA elektron tizimidan foydalanishda o‘zbekistonliklar uchun yengilliklar joriy etish masalasi ham ko‘tarildi.

Hozircha ID-karta orqali chegaradan o‘tish tartibi bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishilgani ma’lum qilinmagan. Yangi imkoniyat qachondan amalga kiritilishi ham aniq emas.

Kiritildi: 15:59 13.11.2026. O'qildi: 357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik